Toshkentdan keyin ikkinchi: Gulistondagi jamoat transportida ATTO kartalari joriy etildi

27 iyul 2021
...

2021 yil 15-iyuldan boshlab jamoat transportida yo'l haqi uchun avtomatlashtirilgan to'lov tizimini joriy etish poytaxtdan tashqariga chiqdi. Endi yoʻl haqi uchun ATTO kartasi bilan Guliston (Sirdaryo viloyatining viloyat markazi) avtobuslaridaham to'lov qilish mumkin. Loyiha ATTO kompaniyasi Transport vazirligi hamkorligida amalga oshirildi.

 

Jamoat transporti kartalari 8ta shahar yo'nalishlarida qabul qilinadi. Ularda harakatlanuvchi barcha 53 ta ISUZU avtobuslari ATTO kartalari bilan kontaktsiz to'lovlarni amalga oshirishga imkon beruvchi mobil validatorlar bilan jihozlangan.

 

Yoʻnalishlar roʻyxati:

№1  – Markaziy bozor – 1-daha;

№2  – Markaziy bozor – 2, 4, 5 -dahalar;

№3 – T/y bekati – Doʻstlik mahallasi;

№4 – T/ybekati – Karapchi qishlogʻi, Vodnikov qishlogʻi orqali;

№8 – T/ybekati – Bahor mahallasi;

№9 – T/ybekati – Viloyat kasalxonasi;

№12 – T/ybekati – Guliston davlat universiteti;

№13 – T/ybekati – Buyuk kelajak mahallasi

№17 – Mahalla, «Sayhun» savdo marqazi – T/ybekati

 

Va eng muhimi, 1-avgustdan yil yakuniga qadar Guliston shahrida ATTO kompaniyasidan aksiya amal qiladi - karta orqali yoʻl haqi uchun toʻlov qilish 10 foizga arzonroq, yaʼni har bir yoʻl haqi uchun 900 so'm. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan tizimning ishga tushirilishi sharafiga Guliston aholisi transport kartalarini to'liq bepul sotib olishlari mumkin – sotib olinganda to'langan 5000 so'm darhol balansga tushadi.

 

Transport kartalarini ikkita sotuv nuqtasida – Buyuk Kelajak mavzesi va Guliston dehqon bozorida sotib olish mumkin. Kelgusida shahar aholisiga qulay bo'lishi uchun aholi gavjum boʻlgan yana bir nechta nuqtalarni qamrab olish rejalashtirilgan.

 

Transport kartasi balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Upay, Apelsin va boshqa to'lov xizmatlarining mobil ilovalari orqali, shuningdek kartalarni sotish joylarida to'ldirishingiz mumkin. Bugungi kunga qadar Guliston shahrida 700 dan ortiq ATTO transport kartalari sotildi.

 

ATTO ijtimoiy tarmoqlarda ATTO. Obuna bo'ling va kompaniyaning yangiliklari va aktsiyalaridan xabardor bo'ling:

 

Telegram: https://t.me/attouz

Facebook: https://www.facebook.com/atto.uz/

Instagram: https://instagram.com/atto_uz?igshid=1rqr9epwrceui