Validatorlar

menus/1935127410-1619000509.JPG

Transport kartalari hamda bank kartalaridan kontaktsiz to'lov texnologiyasi bilan yo'l haqi uchun to'lovlarni qabul qilish maqsadida mobil va statsionar validatorlar avtomatlashtirilgan yo'l haqi tizimida foydalanilmoqda.

Mobil validatorlar avtobuslarda, shuningdek, metropoliten nazoratchilarida statsionar validatorlar ishlamay qolganda to'lovni qabul qilish uchun zaxira qurilma sifatida ishlatiladi. Mobil validatorda yo'l haqi uchun to'lovni amalga oshirgandan so'ng, yo'lovchiga to’lov amalga oshirilgani to’g’risida chek chop etiladi.

Statsionar validatorlar avtobus old eshikda hamda metropoliten turniketlariga o'rnatiladi. Statsionar validatorda transport kartasi yoki bank kartasi bilan yo'l haqi uchun to'lov qilish nazoratchi ishtirokisiz amalga oshiriladi. Statsionar validatorda yo'l haqi uchun to'lovni amalga oshirgandan so'ng, chek chop etilmaydi.