Imtiyozli transport kartalari

menus/3919631-1618464360.jpg

Imtiyozli transport karta nima?

Imtiyozli transport karta o’quvchi, talaba, nafaqaxo’r va nogironlar uchun maxsus tarif xarid qilingan taqdirda 50% chegirma bilan imtiyoz evaziga yo’l haqi uchun to’lash imkonini beradi.

Qanday turdagi imtiyozli transport kartalari mavjud?

Ayni paytda jamoat transportida - o'quvchi (yashil), talaba (sariq), nafaqaxo'r va nogironlar uchun ijtimoiy (qizil) imtiyoz evaziga yo’l haqi uchun to’lov amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilar uchun uch xil turdagi transport kartalari muomalaga kiritildi.

Imtiyozli transport karta nima bilan farq qiladi?

Imtiyozli transport kartasi Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga va jamoat transportida imtiyoz orqali foydalanish huquqini beruvchi hujjat raqamiga (maktab/litsey/ta'lim muassasidan olingan ma'lumotnoma, talaba guvohnomasi raqami, nogiron yoki nafaqaxo’r guvohnomasi) bog'liq.

Imtiyozli transport kartani qayerdan sotib olish mumkin?

Hozirgi vaqtda imtiyozli transport kartalarini faqat "Toshyo’lovchitrans" UKning oylik yo’l chiptalari savdo shahobchalarida xarid qilish mumkin. Kartaning narxi 10 000 so'm.

Imtiyozli transport kartani olish uchun qanday hujjatlar kerak?

imtiyozli transport kartasini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:

  • Talabalarga- pasport va talabalik guvohnoma nusxasi;
  • Nafaqaxo'rlarga- pasport va nafaqaxo'r guvohnomasi nusxasi;
  • O'quvchilarga- ota-onalardan birining pasportining nusxasi,maktab/licey/ta'lim muassasidan olingan ma'lumotnoma, o'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi.

 

Imtiyozli transport kartasi uchun tarifni qanday sotib olish mumkin?

Tegishli tarifni bir necha usulda tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin:

 

  • «АТТО» mobil ilovasi orqali
  • atto.uz saytining shaxsiy kabineti orqali
  • «Toshyo’lovchitrans» AJ ning savdo shahobchalari orqali 

Shuni ta'kidlash kerakki, agar yo'lovchi transport kartasi balansini to'ldirgan va tarif rejasini sotib olmagan bo'lsa, yo'l davomida pul oddiy transport kartadan yechib olingani kabi yo'l haqi uchun 1700 so'mdan yechiladi.  

«АТТО» imtiyozli transport karta balansini qanday to'ldirish mumkin?

АТТО» transport karta balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Upay, Uzum va boshqa elektron to'lov tizimlarining mobil ilovalari orqali to'ldirish mumkin.

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari orqali «АТТО» tizimiga ulangan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar to'ldirish bo'limida ko'rsatilgan.

"Toshyo’lovchitrans" UKning barcha oylik yo’l chiptalari savdo shahobchalari orqali to’ldirish mumkin.

Transport karta qoldig’ini qanday bilish mumkin?

«АТТО» transport karta balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Upay, Uzum va boshqa elektron to'lov tizimlarining mobil ilovalari orqali tekshirish mumkin.

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari orqali «АТТО» tizimiga ulangan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar to'ldirish bo'limida ko'rsatilgan.

"Toshyo’lovchitrans" UKning barcha oylik yo’l chiptalari savdo shahobchalari orqali tekshirish mumkin

Agar  imtiyozli  transport karta balansi 1700 so'mdan past bo'lsa, nima bo'ladi?

Agar «АТТО» imtiyozli transport karta balansi 1700 so'mdan kam bo'lsa, to'lov amalga oshirilmagan qatnov xavfini oldini olish uchun transport karta vaqtincha bloklangan kartalar ro'yxatiga avtomatik tarzda qo'shiladi.

«АТТО» imtiyozli transport karta vaqtincha bloklangan kartalar ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa, uning balansini to'ldirishingiz kerak. Vaqtinchalik bloklangan «АТТО» imtiyozli transport karta balansini 10 daqiqa ichida avtomatik rejimda to'ldirgandan so'ng, u blokdan chiqariladi va foydalanishga yaroqli hisoblanadi.

«АТТО» xizmatidan qulay foydalanish, shuningdek, «АТТО» imtiyozli transport karta bloklanishiga yo'l qo'ymaslik uchun balansda 1700 so'mdan ortiq mablag'ni saqlash tavsiya etiladi.

«АТТО» imtiyozli  transport kartalari orqali yo’l haqi uchun to’lov qanday amalga oshiriladi?

Avtobusdan foydalanish uchun siz «АТТО» imtiyozli transport kartasini o'rnatilgan statsionar validatorga yoki chiptachi mobil validatoriga tekkizishingiz kerak. «АТТО» operatori imtiyozli transport kartasini yo’l haqi uchun to’lov qilayotganda kartani chiptachiga bermaslikni tavsiya qiladi, chunki ular bir yo'lovchining transport kartasini boshqa yo'lovchining kartasi bilan almashtirib qo’yishlari mumkin.

Metroda imtiyozli transport kartalari orqali to’lov amalga oshirish uchun kartani turniketga o’rnatilgan validatorga tekkizish lozim va validator ekranida yashil rangli tasdiqlovchi belgini kutish kerak. Agarda yashil rangli tasdiqlovchi belgi paydo bo’lsa to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hisoblanadi. Agar qizil rangli inkor etuvchi belgi paydo bo’lsa, to'lov amalga oshmagan hisoblanadi.

«АТТО» imtiyozli  transport kartasini uchinchi shaxslarga o'tkazish mumkinmi?

«АТТО» operatorining tasdiqlangan qoidalariga ko'ra, «АТТО» imtiyozli transport karta uchinchi shaxslarga berilmasligi, shuningdek, xuddi shu transport vositasida yoki metro turniketida 15 daqiqa ichida qayta ishlatilishi mumkin emasligi nazarda tutilgan

Karta egasi tomonidan imtiyozli transport kartadan foydalanishda, metropoliten bekatidagi nazoratchi yoki avtobusdagi chiptachiga imtiyoz evaziga yo’l haqi uchun to’lov amalga oshirayotgan yo'lovchi kerakli hujjatlarni (maktab/litsey/ta'lim muassasidan olingan ma'lumotnoma, talabalik guvohnomasi, nafaqaxo’r guvohnomasi) taqdim qilishi lozim.

Uchinchi shaxslar tomonidan imtiyozli transport kartasidan foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu kartalar operator tomonidan bloklanadi.