ATTO va UZCARD hamkorlikda yangi chegirmali aksiya taqdim etadi!
"Manzillar yaqinroq" aksiyasi doirasida Yangiyo'l, Termiz, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch, Xiva, Nukus, Andijon, Namangan va Qo'qon shahridagi UZCARD kartalari foydalanuvchilari jamoat transportlarida yo'l haqqi uchun 610 so'm chegirmali to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Aksiyada O'zbekiston Respublikasining istalgan banklaridan chiqarilgan va validatorga kartani "bir marotaba tekkizish" orqali to'lovni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi 5614***, 6262***, 5440*** indeksli barcha UZCARD bank kartalari foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, 8600*** indeksli karta foydalanuvchilari ham o'z kartalarini “Uzcard Pay” mobil ilovasiga biriktirgan holda yoki “Uzcard Pay” mobil ilovasida UZCARD virtual kartasini ochib, u orqali yo'l haqqini chegirma asosida to'lashlari mumkin.
Aksiya 2024-yilning 1-may kunidan 31-dekabr kunigacha davom etadi.