UZCARD KIDS kartalari orqali Toshkent shahar jamoat transportlarida yo'l haqqi - 990 so'm
Endilikda UZCARD KIDS bolalar kartalari foydalanuvchilari poytaxt metropoliteni va avtobuslarida yo'l haqqini chegirma bilan to'lash imkoniyatiga egalar.
ATTO, UZCARD va ANORBANKning hamkorlikdagi yangi aksiyasi barcha yoshdagi bolalar uchun yo'l haqqini yanada qulay va foydali qildi, chunki har bir sayohat uchun belgilangan 1700 so'm o'rniga ular atigi 990 so'm to'laydilar. Bundan tashqari, pulni bank kartasida saqlash, ayniqsa, bolalar uchun naqd pul olib yurishdan ko'ra xavfsizroqdir.
Aksiya 2024-yilning 1-may kunidan 31-dekabr kunigacha davom etadi.