Kontaktsiz texnologiyalarga ega yagona transport kartasi (NFC)

menus/1107566451-1618465738.jpg

«АТТО»  transport kartasi nima?

«АТТО» transport kartasi Toshkent shahridagi jamoat transportidan foydalanishda yo’l haqini to’lash uchun tez va qulay to'lov imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda "Toshshahartransxizmat" AJning barcha avtobuslarida va "Toshkent metropoliteni" Unitar korxonasining yer osti va yer usti bekatlari vestibyulidagi barcha turniketlarda qabul qilinmoqda.

Qanday turdagi «АТТО» transport kartalari mavjud?

Hozirgi vaqtda «АТТО» transport kartalarining to'rt turi mavjud. O’quvchi (yashil), talaba (sariq), ijtimoiy - nafaqaxo'rlar va nogironlar uchun (qizil) - umumiy transport kartasi (ko'k), ya'ni yo'lovchilar barcha turlari uchun, va jamoat transportidan imtiyoz orqali foydalanish huquqiga ega yo'lovchilar uchun transport kartalari uch turdagi aholi uchun mo'ljallangan.

«АТТО» transport kartasini qayerdan olish mumkin?

«АТТО» transport kartalari "Toshshahartransxizmat" AJ kompaniyasining barcha savdo nuqtalarida, shuningdek "Toshkent metropoliteni" unitar korxonasining barcha kassalarida sotiladi.

«АТТО» transport kartasi balansini qanday to'ldirish mumkin?

«АТТО» transport kartasi balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Upay, Uzum va boshqa elektron to'lov tizimlarining mobil ilovalari orqali to'ldirilishi mumkin.

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari orqali «АТТО» tizimiga ulangan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar to'ldirish bo'limida ko'rsatilgan.

"Toshshahartransxizmat" AJ va "Toshkent metropoliteni" Unitar korxonasining yer usti va yer osti bekatlarining barcha kassalarida chipta savdosining barcha nuqtalarida.

«АТТО» transport kartalari orqali yo’l haqi uchun to’lov qanday amalga oshiriladi?

Avtobusdan foydalanish uchun siz «АТТО» transport kartasini o'rnatilgan statsionar validatorga yoki chiptachi mobil validatoriga tekkizishingiz kerak. «АТТО» operatori transport kartasini yo’l haqi uchun to’lov qilayotganda kartani chiptachiga bermasliknii tavsiya qiladi, chunki ular bir yo'lovchining transport kartasini boshqa yo'lovchining kartasi bilan almashtirib qo’yishlari mumkin.

Metroda transport kartalari orqali to’lov amalga oshirish uchun kartani turniketga o’rnatilgan validatorga tekkizish lozim va validator ekranida yashil rangli tasdiqlovchi belgini kutish kerak. Agarda yashil rangli tasdiqlovchi belgi paydo bo’lsa to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hisoblanadi. Agar qizil rangli inkor etuvchi belgi paydo bo’lsa, to'lov amalga oshmagan hisoblanadi. Sariq rang paydo bo’lganda, oxirgi to'lovdan so'ng 6 daqiqadan kamroq vaqt o'tgan hisoblanadi.

Transport kartadagi qolgan mablag'larni qanday bilish mumkin?

«АТТО» transport kartasi balansini ATTO, MyUzcard , Payme, Upay, Uzum va boshqa elektron to'lov tizimlarining mobil ilovalari orqali tekshirish mumkin.

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari orqali «АТТО» tizimiga ulangan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar to'ldirish bo'limida ko'rsatilgan.

"Toshshahartransxizmat" AJ va "Toshkent metropoliteni" Unitar korxonasining yer usti va yer osti bekatlarining barcha kassalarida chipta savdosining barcha nuqtalarida.

Agar transport karta balansi 1700 so'mdan past bo'lsa, nima bo'ladi?

Agar «АТТО» transport karta balansi 1700 so'mdan kam bo'lsa, to'lov amalga oshirilmagan qatnov xavfini oldini olish uchun transport kartasi vaqtincha bloklangan kartalar ro'yxatiga avtomatik tarzda qo'shiladi.

«АТТО» transport kartasi vaqtincha bloklangan kartalar ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa, uning balansini to'ldirishingiz kerak. Vaqtinchalik bloklangan «АТТО» transport karta balansini 10 daqiqa ichida avtomatik rejimda to'ldirgandan so'ng, u blokdan chiqariladi va foydalanishga yaroqli hisoblanadi.

«АТТО» xizmatidan qulay foydalanish, shuningdek, «АТТО» transport karta bloklanishiga yo'l qo'ymaslik uchun balansda 1700 so'mdan ortiq mablag'ni saqlash tavsiya etiladi.

«АТТО» transport kartasini uchinchi shaxslarga o'tkazish mumkinmi?

Toshkent shahri yo'lovchi-transport oqimini optimallashtirish va to'g'ri statistikasini shakllantirish maqsadida «АТТО» transport kartasidan foydalanish faqat bitta yo'lovchi uchun hisoblanadi.

Shu bois, «АТТО» operatorining transport kartalaridan foydalanishning tasdiqlangan qoidalariga muvofiq, «АТТО» transport kartasi uchinchi shaxslarga berilmasligi va uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlatilmasligi nazarda tutilgan.

«АТТО» transport kartasidan naqdsiz to'lov amalga oshirilganda pul mablag'larini qaytarishning oldini olish uchun 6 daqiqalik limit belgilangan.