Kompaniya haqida

video

"AVTOMATLASHTIRILGAN TRANSPORT TO'LOV TIZIMI OPERATORI" MCHJ «ATTO» markasining huquqiy egasi va O'zbekiston Respublikasida yo'l haqi uchun avtomatlashtirilgan to'lov tizimining yagona operatori hisoblanadi,"AVTOMATLASHTIRILGAN TRANSPORT TO'LOV TIZIMI OPERATORI" MCHJ  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 948-sonli "UMUMIY FOYDALANILADIGAN TRANSPORTDA YO’LOVCHI TASHISHDA YO’LKIRA HAQINI TO’LASHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINI JORIY ETISH TO’G’RISIDA"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, transport vazirligi huzuridagi "O'zavtotranstehnika" DUKning ilmiy-ishlab chiqarish markazi va "YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROTSESSING MARKAZI" MCHJ ishtirokida tashkil etildi.

Avtomatlashtirilgan yo'l haqi tizimi NFC kontaktsiz texnologiyaga ega bo'lgan transport kartalaridan foydalangan holda umumiy foydalanuvdagi transportda yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishda axborot va texnologik hamkorlikni ta'minlash, qatnovlarning miqdori va vaqti bo'yicha hisobotlarni shakllantirish uchun mobil va statsionar validatorlarni, shuningdek, transport vositasining marshrut raqamini shakllantirish uchun billing tizimini ta'minlash uchun mo'ljallangan.

 

Avtomatlashtirilgan to'lov tizimi operatorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolarning ayrim toifalarini manzilli ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini joriy etish imkoniyati;
  • yo'lovchilarga katta zarar yetkazmasdan (ko’chib o’tish bilan tashish uchun tarif rejalarini joriy etish) va yo'lovchi tashish xarajatlarini kamaytirmasdan, uzoq marshrutlarni qisqartirish bilan joriy marshrut tarmog'ini optimallashtirish imkoniyati;
  • yo'lovchilarni tashish bo'yicha joriy statistika asosida jamoat transporti faoliyatini samarali rejalashtirish;
  • jamoat transportida to'lovlarni amalga oshirish jarayonining shaffofligini oshirish;
  • to'lovning yagona usuli va barcha turdagi shahar xizmatlari uchun to'lov vositasi sifatida yagona to'lov kartasini yaratish imkoniyati: jamoat transporti, avtosaroy, pullik yo'llar, muzeylar va h.k.;
  • jamoat transporti tizimining samaradorligini oshirish ,yo'l tirbandliklarini kamaytirish(chiqarish/tushirish uchun kamroq vaqt sarflash, transport oqimini rejalashtirish);
  • turistik jozibadorlik va shahar muhitining qulayligini oshirish (maxsus sayyohlik tariflarini joriy etish orqali);
  • Respublikaga kelgan barcha turistlarga respublika ichidagi jamoat transporti, taksi, temir yo'l va havo transportida qatnovlarni to'lashda Mir, UPI, VISA, MasterCard xalqaro bank kartalaridan foydalanish imkoniyatini berish.