Samaradorlikni oshiramiz

Jamoat transporti tizimlari

Bus Logo

Maqbullashtirish

Yo‘lovchilarni tashish uchun tarif rejalarini qo‘llash

businessChart Logo

Samaradorlik

Yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha amaldagi statistika asosida jamoat transporti faoliyatini rejalashtirish

credit-card-pay-send-fast

Yagona to‘lov kartasi

Barcha turdagi shahar xizmatlari uchun yagona to‘lov usuli va vositasi

plane

Turizm

Turistik jozibadorlik va qulaylikni oshirish

ATTO

AO "AVTOMATLASHTIRILGAN TRANSPORT TO'LOV TIZIMI OPERATORI"

“AVTOMATLASHTIRILGAN TRANSPORT TO'LOV TIZIMI OPERATORI” MCHJ “ATTO” savdo belgisining huquqiy egasi hamda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l haqi uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimining yagona operatori hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining Qarori

“AVTOMATLASHTIRILGAN TRANSPORT TO‘LOV TIZIMI OPERATORI” MCHJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 948-sonli “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Transport vazirligi huzuridagi “O‘zavtotranstexnika” DUKning ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ ishtirokida tashkil etildi.

Avtomatlashtirilgan yo‘l haqi tizimi NFC kontaktsiz texnologiyaga ega bo‘lgan transport kartalaridan foydalangan holda jamoat transportida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ushbu jarayonda axborot va texnologik hamkorlikni ta’minlash, qatnovlarning miqdori va vaqti bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish uchun mobil va statsionar validatorlarni, shuningdek, transport vositasining marshrut raqamini shakllantirish uchun billing tizimini ta’minlash maqsad qilingan.

Asosiy vazifalar

Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori

  • fuqarolarning ayrim toifalarini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish imkoniyati
  • yo‘lovchilarga qiyinchilik tug‘dirmagan holda (moslashuvchan tarif rejalarini qo‘llash bilan) uzoq yo‘nalishlarni qisqartirish va yo‘lovchi tashish tannarxini pasaytirish orqali mavjud yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish imkoniyati
  • yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha joriy statistika asosida jamoat transporti faoliyatini samarali rejalashtirish
  • jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirish jarayonining shaffofligini oshirish
  • shahar xizmatlarining barcha turlari: jamoat transporti, avtoturargohlar, avtomobil to‘xtash joylari, pullik yo‘llar, muzeylar va boshqalar uchun umumiy to‘lov usuli va vositasi sifatida yagona to‘lov kartasini yaratish imkoniyati
  • jamoat transporti tizimining samaradorligini oshirish, yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish (chiqish/tushish uchun kamroq vaqt sarflash, transport harakati oqimini rejalashtirish)
  • turistik jozibadorlik va qulaylikni oshirish

Hujjatlar

Transport kartalari va QR-chiptalardan foydalanish qoidalari

Yuklab olish va tanishib chiqish uchun mavjud

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-noyabrdagi 948-sonli qarori

Yuklab olish va tanishib chiqish uchun mavjud

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktyabrdagi 643-sonli qarori

Yuklab olish va tanishib chiqish uchun mavjud

Ommaviy oferta

Yuklab olish va tanishib chiqish uchun mavjud

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov tizimi faoliyatini amalga oshirish boʻyicha lisenziyasi

Yuklab olish va tanishib chiqish uchun mavjud

Yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

Yuklab olish va tanishib chiqish uchun mavjud

Shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi siyosati

Yuklab olish va tanishib chiqish uchun mavjud