2026-yil 1-oktabrdan Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi o‘zgaradi.
ATTO transport kartalari, bank kartalari yoki mobil ilovalar orqali elektron to‘lov amalga oshirilganda, bir martalik qatnov narxi 2 500 so‘mni tashkil etadi. Naqd pul orqali to‘lov amalga oshirilganda (infokiosklardan bir martalik QR-chipta xarid qilinganda) yo‘l haqi o‘zgarishsiz qoladi — 3 000 so‘m.
Tegishli qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan.
O‘zgarishlar transport kartalari uchun tarif rejalariga hamda transportdan transportga almashib o‘tishda yo‘l haqi miqdoriga ham taalluqli.
O‘quvchilar, talabalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tegishli tarif rejalarini xarid qilishda 50% chegirma saqlanib qoladi.
Tarif rejalari haqida batafsil ma’lumot ATTO saytining «Yo‘lovchilar» bo‘limida keltirilgan.