ATTO tizimida joriy yilning 3–4-dekabr kunlari amalga oshirilgan safarlar bo‘yicha mablag‘larni yechib olish jarayoni amalga oshiriladi.
Ma’lum qilamizki, takroriy, xato yoki ortiqcha mablag‘ yechib olish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Mablag‘lar faqat ko‘rsatilgan davrda avval to‘lovi amalga oshirilmagan safarlar uchun yechib olinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot yoki savollar bo‘yicha Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin: 78 140 08 08.
Tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.