2025-yil 26-oktabr kuni ATTO mobil ilovasida qisqa muddatli texnik nosozliklar kuzatildi.
Avtobuslardagi va metropoliten bekatlaridagi validatorlar orqali transport va bank kartalari bilan to‘lovlar odatdagidek, kechikishlarsiz va xatoliklarsiz amalga oshirilmoqda.
Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va vaziyatni to‘g‘ri tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.