Ijtimoiy tarmoqlarda kartalardan mablag‘ yechib olinishi haqidagi xabarlar soni ortib borayotganligi munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Toshkent metropolitenining «Buyuk Ipak yo'li» bekatidagi 1 vestibyulda o'rnatilgan to'lov qurilmalari orqali 16-30 sentabr oralig'ida o'tkazilgan to'lovlar texnik sabablarga ko'ra o'z vaqtida qayta ishlanmagani tufayli hozirgi kunda kartalardan ushbu vaqt oralig'idagi to'lovlar kartalar hisobidan yechib olinish jarayoni ketmoqda.
Bunda hech qanday ortiqcha yoki noto‘g‘ri yechimlar amalga oshirilmayapti — mablag‘lar faqat belgilangan davrda yo‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy safarlar uchun ushlab qolinyapti.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: 78 140 08 08.