ATTO
Mikrotransport, Tadbirlar, АТТО

Shahardagi mikroqatnovlar: IZZY elektrosamokatlari endi ATTOda!

no image

ATTO mobil ilovasining “Mikrotransport” bo‘limida foydalanuvchilarga yangi imkoniyat taqdim etildi — endilikda Toshkent ko‘chalarida harakatlanish yanada qulay va samarali bo‘ladi. Endi har bir foydalanuvchi IZZY elektrosamokatlarini osonlik bilan ijaraga olishi mumkin. Ushbu zamonaviy mikroqatnovlar vositasi jamoat transporti tizimini to‘ldirib, muhim vazifani hal qiladi — foydalanuvchilarga jamoat transporti bekatigacha yoki bekatdan manzilgacha tez va oson yetib borish imkonini beradi.

Yangi xizmatning asosiy afzalliklari — qulaylik va tejamkorlik. Ijara narxi atigi 1700 so‘mni tashkil etadi (birinchi 7 daqiqa uchun), bu esa sayohatni iqtisodiy jihatdan jozibador qiladi. Avtobus yoki metro narxida tezlik va manevr qulayligini qo‘lga kiritish mumkin — bu esa manzilga tezroq yetib borishni anglatadi.

ATTO va IZZY hamkorligi mikroqatnovlar infratuzilmasini rivojlantirishga, faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga va ekologik toza harakatlanish usullarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni namoyish etadi.

ATTO foydalanuvchilarning kundalik hayotini yanada qulay va samarali qilish uchun mobil servislar ekotizimini faol rivojlantirib bormoqda.

Yangiliklar

Tadbirlar
АТТО

ATTO Janubiy Afrikada bölib ötgan O-CITY Conference 2026 konferensiyasida xalqaro mukofotga sazovor ...

O'qish
Tadbirlar
АТТО

Yo‘lovchilar uchun muhim ma’lumot!

2026-yil 1-oktabrdan Toshkent jamoat transportida ...

O'qish
Tadbirlar
АТТО

ATTO mobil ilovasi faoliyati bo‘yicha izoh

O'qish
АТТО
Автобус

2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari

2026 yilning birinchi yarmida ATTO tizimi ta’sirli ...

O'qish
Tadbirlar
АТТО

«ATTO» AJning RASMIY BAYONOTI

Jamoat transportida to‘lov tizimini takomillashtir ...

O'qish
Tadbirlar
Transport karta

ATTO va PAYNET bozorga mahsulot chiqarmoqda: O‘zbekiston yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun yoqilg‘ ...

O'qish
Tadbirlar
АТТО

Naqd pulsiz to‘lovlar drayveri: ATTO tizimi yo‘lovchilarga 118,9 mlrd so‘m tejab berdi

O'qish
Tadbirlar
АТТО

12 milliard so‘m miqdorda noyabr oyidagi safarlar davomida yo‘lovchilar tejashga erishdilar

O'qish
Karta
Yo'l haqi

Hurmatli yo‘lovchilar!

O'qish
Tadbirlar
АТТО

“Street 77 + ATTO — ATTO ilovasi foydalanuvchilari uchun bepul ichimlik” aksiyasi

O'qish