“ATTO” shuni ma’lum qiladiki, so‘nggi kunlarda transport kartalarining go‘yoki o‘yin orqali yutib olinishi haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Biz rasmiy ravishda bildiramizki, bu ma’lumot haqiqatga mos kelmaydi. Barcha rasmiy yangiliklar va takliflar faqat bizning rasmiy veb-saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi. Agar sizda savollar tug‘ilsa yoki shubhali faollikni sezsangiz, iltimos, bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimiz bilan bog‘laning.
Call-center: (78) 140 08 08