Ma`lumot

  • Kompaniya haqida
  • Hujjatlar
  • Yangiliklar
  • Mijozlarga
  • Yo'lovchilar

  • Transport kartalari
  • Tarif rejalari
  • To'ldirish
  • Yordam
  • Tashuvchilar uchun

  • Biz bilan hamkorlik
  • Aktsionerlar va investorlar uchun

  • Korporativ boshqaruv
  • Korporativ hujjatlar
  • 08:00 - 23:00

    78 140 0808
    Globe3dGlobe3dGlobe3d
    Atto
    Sayt xaritasiFoydalanish shartlariOferta
    Globe3dO'zbekcha
    Copyright © 2004-2026«AVTOMATLASHTIRILGAN TRANSPORT TO'LOV TIZIMI OPERATORI» AJ.
    Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan saytga ma’lumotni nusxalashda havola talab qilinadi.
    АТТО, Tadbirlar

    "ATTO"AJ

    ATTOda aksiyalarining boshlang'ich emissiyasi amalga oshirildi

    5 Iyun 2024
    no image
    no image

    "ATTO tashkiliy-huquqiy shaklini o'zgartirdi"

    2024-yil 4-iyun kuni «Avtomatlashtirilgan transport to'lov tizimi operatori» (ATTO savdo belgisi) oʻz tashkiliy-huquqiy shaklini AJga oʻzgartirganidan soʻng ilk bor aksiyalarni chiqardi. Aksiyalar emissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (ILMA) boʻlib oʻtdi.

     

    АТТОni  MChJdan  AJga  o’zgartirilishi

    2024-yil 8-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-381-son Farmonini bajarish maqsadida hamda 2024 yilning 1 maydagi ishtirokchilarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan, “ATTO” kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) o‘zgartirish yo‘li bilan qayta tashkil etildi.

    Boshqa kompaniya rekvizitlari, shu jumladan yuridik manzili va bank rekvizitlari o'zgarishsiz qoladi.

    Bilish muhim: ATTO tomonidan taqdim etilayotgan barcha xizmatlar avvalgidek ishlaydi.

     

    ATTOni  AJ shaklida faoliyat yuritish afzalliklari nimada?

    Kompaniya faoliyatining shaffofligi darajasini oshirish va turli darajadagi nazorat bilan korporativ boshqaruvni joriy etish, jamoaviy qarorlar qabul qilish hamkorlar va investorlar tomonidan kompaniyaga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam qiladi.

    Kuzatuv kengashini tashkil etish orqali kompaniyani samarali boshqarishni joriy etish, uning a’zolari etib, tegishli sohada boshqaruv tajribasiga va malakasiga ega bo’lgan shaxslar tayinlanadi.

    Xatarlarni boshqarish tizimini rivojlantirish, affillangan shaxslar va kompaniya manfaatlar  to'qnashuvlarini bartaraf etish choralarini ko'rish ham kompaniya ishonchliligi va moliyaviy barqarorligining ajralmas qismi hisoblanadi.

     

    ATTO  faoliyati haqida

    Avtomatlashtirilgan yo'l haqi tizimi NFC kontaktsiz texnologiyaga ega bo'lgan transport va bank kartalaridan foydalangan holda umumiy foydalanuvdagi transportda yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishda axborot va texnologik hamkorlikni ta'minlash, qatnovlarning miqdori va vaqti bo'yicha hisobotlarni shakllantirish uchun mobil va statsionar validatorlarni, shuningdek, transport vositasining marshrut raqamini shakllantirish uchun billing tizimini ta'minlash uchun mo'ljallangan.

    Bugungi kunda ATTO Toshkent, Samarqand, Qarshi, Urganch, Andijon, Buxoro, Nukus, Termiz, Namangan, Jizzax, Qo‘qon, Yangiyo‘l va Olmaliq shaharlarida faoliyat yuritmoqda.

    https://www.atto.uz  Instagram: @atto_uz Telegram: https://t.me/attouz Facebook: https://www.facebook.com/atto.uz/

    Yangiliklar

    АТТО
    Автобус

    2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari

    2026 yilning birinchi yarmida ATTO tizimi ta’sirli ...

    O'qish
    Tadbirlar
    АТТО

    «ATTO» AJning RASMIY BAYONOTI

    Jamoat transportida to‘lov tizimini takomillashtir ...

    O'qish
    Tadbirlar
    Transport karta

    ATTO va PAYNET bozorga mahsulot chiqarmoqda: O‘zbekiston yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun yoqilg‘ ...

    O'qish
    Tadbirlar
    АТТО

    Naqd pulsiz to‘lovlar drayveri: ATTO tizimi yo‘lovchilarga 118,9 mlrd so‘m tejab berdi

    O'qish
    Tadbirlar
    АТТО

    12 milliard so‘m miqdorda noyabr oyidagi safarlar davomida yo‘lovchilar tejashga erishdilar

    O'qish
    Karta
    Yo'l haqi

    Hurmatli yo‘lovchilar!

    O'qish
    Tadbirlar
    АТТО

    “Street 77 + ATTO — ATTO ilovasi foydalanuvchilari uchun bepul ichimlik” aksiyasi

    O'qish
    АТТО

    ATTO kompaniyasining mobil ilova ishidagi vaqtinchalik texnik nosozliklar bo‘yicha izohi

    O'qish
    Mikrotransport
    Tadbirlar

    Shahardagi mikroqatnovlar: IZZY elektrosamokatlari endi ATTOda!

    O'qish
    Karta
    Yo'l haqi

    Kompaniyaning yo‘lovchilar hisobidan mablag‘ yechib olinishi bo‘yicha vaziyat yuzasidan bayonoti

    O'qish
    Barchasini ko'rish