ATTO endi elektropoyezdlarda!

...

Elektron toʼlovlar tizimini transport sohasida tadbiq etish kundan kunga kengaymoqda. Xususan joriy yilning 8-fevralidan boshlab shaharlararo elektropoyezdlardagi yoʼl xaqlarini toʼlashda qoʼshimcha qulayliklar yaratildi. Endilikda elektropoyezdlar uchun chiptalarni temir yoʼl vokzallari va bekatlarda olish shart emas, balki bevosita elektropoyezd vagonlarida АTTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyati ishga tushirildi.

Ushbu qulaylik dastlabki bosqichda Toshkent-Xojikent yoʼnalishidagi elektropoyezdlarda joriy qilingan boʼlib, tez kunlarda Toshkent-Bekobod,

Toshkent-Xovos va Toshkent-Аngren yoʼnalishlarida ham ishga tushirish koʼzda tutilgan.

Maʼlumot oʼrnida fevral oyining birinchi dekadasidan boshlab АTTO elektron tizimi orqali 12,4 mingta toʼlov amalga oshirilgan va shulardan 10 foizi transport va bank kartalariga toʼgʼri keladi.