"ATTO"AJ

...

"ATTO tashkiliy-huquqiy shaklini o'zgartirdi"

2024-yil 4-iyun kuni «Avtomatlashtirilgan transport to'lov tizimi operatori» (ATTO savdo belgisi) oʻz tashkiliy-huquqiy shaklini AJga oʻzgartirganidan soʻng ilk bor aksiyalarni chiqardi. Aksiyalar emissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (ILMA) boʻlib oʻtdi.

 

АТТОni  MChJdan  AJga  ozgartirilishi

2024-yil 8-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi
PQ-381-son Farmonini bajarish maqsadida hamda 2024 yilning 1 maydagi ishtirokchilarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan, “ATTO” kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) o‘zgartirish yo‘li bilan qayta tashkil etildi.

Boshqa kompaniya rekvizitlari, shu jumladan yuridik manzili va bank rekvizitlari o'zgarishsiz qoladi.

Bilish muhim: ATTO tomonidan taqdim etilayotgan barcha xizmatlar avvalgidek ishlaydi.

 

ATTOni  AJ shaklida faoliyat yuritish afzalliklari nimada?

Kompaniya faoliyatining shaffofligi darajasini oshirish va turli darajadagi nazorat bilan korporativ boshqaruvni joriy etish, jamoaviy qarorlar qabul qilish hamkorlar va investorlar tomonidan kompaniyaga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam qiladi.

Kuzatuv kengashini tashkil etish orqali kompaniyani samarali boshqarishni joriy etish, uning a’zolari etib, tegishli sohada boshqaruv tajribasiga va malakasiga ega bo’lgan shaxslar tayinlanadi.

Xatarlarni boshqarish tizimini rivojlantirish, affillangan shaxslar va kompaniya manfaatlar  to'qnashuvlarini bartaraf etish choralarini ko'rish ham kompaniya ishonchliligi va moliyaviy barqarorligining ajralmas qismi hisoblanadi.

 

ATTO  faoliyati haqida

Avtomatlashtirilgan yo'l haqi tizimi NFC kontaktsiz texnologiyaga ega bo'lgan transport va bank kartalaridan foydalangan holda umumiy foydalanuvdagi transportda yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishda axborot va texnologik hamkorlikni ta'minlash, qatnovlarning miqdori va vaqti bo'yicha hisobotlarni shakllantirish uchun mobil va statsionar validatorlarni, shuningdek, transport vositasining marshrut raqamini shakllantirish uchun billing tizimini ta'minlash uchun mo'ljallangan.

Bugungi kunda ATTO Toshkent, Samarqand, Qarshi, Urganch, Andijon, Buxoro, Nukus, Termiz, Namangan, Jizzax, Qo‘qon, Yangiyo‘l va Olmaliq shaharlarida faoliyat yuritmoqda.


https://www.atto.uz 
Instagram: @atto_uz
Telegram: https://t.me/attouz
Facebook: https://www.facebook.com/atto.uz/