"ATTO" mobil ilovamiz xizmatlari yanada kengaymoqda

...

"ATTO" mobil ilovamiz xizmatlari yanada kengaymoqda

Siz aziz yo'lovchilarimizga qo'shimcha qulayliklar va imkoniyatlar yaratish maqsadida, kompaniyamiz tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlari kengaytirilmoqda. Endilikda Siz "ATTO" mobil ilovamiz orqali, uzoq vaqt sarflamagan holda, shaharlararo qatnovchi yo'lovchi avtobuslariga onlayn chiptalarni tez va oson xarid qilishingiz mumkin.

❔Qanday deysizmi? Buning uchun:  

 📲 "ATTO" mobil ilovamizning "Chiptalar" bo'limiga o'tib, avtobus belgisini tanlaysiz. 
🗺 Bormoqchi bo'lgan A va B manzilingizni va kunini belgilaysiz.
(avtobus chiptasining narxi, manzildan harakatlanish vaqti hamda bo'sh joylar haqida batafsil ma'lumot paydo bo'ladi)
📝Yo'lovchi sifatida shaxsingiz va telefon raqamingizni ro'yxatdan o'tkazib, to'lovni amalga oshirasiz va onlayn chiptaga ega bo'lasiz.

Biz sizning vaqtingizni qadrlaymiz va sayohatingizni yanada qulaylashtirishga intilamiz.