Yo'l haqi 30% arzonroq: ATTO va VISA qo'shma aksiyasi

28 sentabr 2021
...

2021 yil 28 sentyabrdan 20 noyabrgacha ATTO va VISA qo'shma aksiyasi boshlanadi.

VISA International bank kartalari egalari poytaxt jamoat transportida yo'l haqi uchun atigi 980 so'm to'lashlari mumkin bo'ladi.

Aksiya doirasida avtobus va metroda VISA karta bilan yo'l haqi uchun to'lov 30% arzonroq bo'ladi - 1400 so'm o'rniga 980 so'm. 

Ta'kidlash joizki, aksiyada barcha turdagi VISA kartalari ishtirok etadi. Siz VISA bank kartasini ushbu kartani emissiya qiladigan bankdan ochishingiz mumkin.