ATTO

Biometrik to'lov

no image

PalmPay ni ulang

Kaft bilan metroda yo‘l haqini to‘lang

PalmPay nima?

Bu yo‘l haqini butunlay kontaktsiz to‘lashning innovatsion usuli hisoblanadi. Ushbu yechim endi o‘zingiz bilan bank kartasini olib yurish yoki hamyoningizdan kartalaringizni chiqarish hojatini yo‘qotadi, chunki sizning qo'lingiz doimo siz bilan. Biometrik to‘lov xizmati yo‘lovchilar uchun majburiy bo‘lmaydi-boshqa barcha to‘lov usullari orqali yo‘l haqini to‘lashingiz mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun siz Toshkent metropolitenidagi bekatlarda joylashgan infokiosklardan birida ro‘yxatdan o‘tishingiz, kaftlaringizni skanerlashingiz, shuningdek ATTO mobil ilovasida yo‘l haqini to‘lash uchun ATTO transport kartasi yoki Uzcard bank kartasini qo‘shib ro‘yxatdan o‘tishingiz va uni kaftlaringiz rasmiga bog‘lashingiz kerak. Hamkorlarimiz sizga ATTO mobil ilovasida kaftlaringiz tasvirini qo‘shishga yordam beradi.

Kaft orqali yo‘l haqini to‘lash juda oson: kaftlaringizni turniketga o‘rnatilgan skaner ustiga tutib tursangiz yetadi. Turniket eshiklari ochiladi va yo‘l haqi bog‘langan kartangizdan yechib olinadi.

no image

Xizmat barcha metro bekatlarida mavjud

Smartfon va transport kartasiz metroda yo‘l haqi uchun toʻlovlar

PalmPayni qanday ulash kerak

1

ATTO mobil ilovasini yuklab oling

Ilovani GooglePlay va AppStore dan yuklab olishingiz mumkin

no image
2

Ilovada avtorizasiyadan oʻting

Telefon raqamingizni va parolni kiriting

no image
3

ATTO transport kartasi yoki Uzcard bank kartasini qoʻshing

Yoki bepul virtual karta oching

no image

Palm to'lovini faollashtirish

1

“Xalqlar doʻstligi” metro bekatidagi roʻyxatdan oʻtish stoliga boring.

2

Stol yaqinidagi hamkorlarimiz sizdan kaftingizni suratga oluvchi maxsus qurilma ustiga qoʻyishingizni soʻrashadi. Qoʻlingizni toʻgʻri tuting va uni qurilmadan 15 sm balandlikda ushlab turing.

3

Avval oʻng qoʻlingizni, soʻng chap qoʻlingizni qoʻying. Shundan soʻng ekranda QR kod paydo boʻladi.

4

ATTO mobil ilovasi yordamida QR kodni skanerlang. Ilovaning bosh ekranida “PalmPay ni faollashtirish” tugmasini bosing, soʻng “QR kodni skanerlash” tugmasini bosing

PalmPay dan qanday foydalanish mumkin

1

ATTO ilovasida PalmPayning ishga tushirilganini tekshiring.

2

Turniketdan oʻtishdan oldin, bogʻlangan kartada toʻlov uchun yetarli mablagʻ borligiga ishonch hosil qiling. Qoʻlingizni qurilmadan 15 sm balandlikda ushlab turing.

3

Turniketdan oʻtishdan oldin qoʻlqopni eching, kaftingiz yopmaydigan qilish uchun kiyim yengini yuqoriga torting.

4

Maxsus qurilma oʻrnatilgan turniketga yaqinlashing

5

Skaner ustiga kaftingizni tuting, yashil signal va eshiklarning ochilishini kuting

6

Bir oz vaqt o‘tgach bog‘langan kartadan yo‘l haqi yechib olinadi.

7

Metroga oʻting va xayrli sayohat!