Toshkentda yo'nalishli taksilar ham transport kartalariga oʼtmoqda

28 noyabr 2021
...

“ATTO” kompaniyasi Toshkent transport boshqarmasi bilan birgalikda yo’nalishli taksilarda transport kartalari va bank kartalari (Uzcard kobeydj❗️, Humo, Humans, Visa, Mastercard, Мir, China Union Pay) orqali yo’l haqi uchun to’lov amalga oshirishni bosqichma-bosqich joriy etmoqda.


Hozirgi paytda 27m, 34m, 68m, 52m, 110m, 135m yo’nalishli taksilarda ATTO avtomatlashtirilgan to’lov tizimi orqali to’lovlarni qabul qilish imkoniyati joriy qilingan bo’lib, tez orada 63m, 171m, 11m, 92m, 111m, 191m, 31m, 11i, 19i, 18m, 166m, 41m sonli yo’nalishlarda ham ATTO orqali to’lovlarni amalga oshirish mumkin bo’ladi. 2022 yil mobaynida esa, poytaxtdagi barcha yo’nalishli taksilarda ATTO tizimi orqali to’lovlarni qabul qilishni joriy etish rejalashtirilgan.


Eslatib o'tamiz, birinchi yo’nalishli taksi joriy yilning avgust oyida avtomatlashtirilgan to'lov tizimiga qo'shildi. Yo'lovchilar orasida qiziqishni oshirish uchun dastlabki ikki oy mobaynida aksiya joriy etilib, transport kartasi bilan to'lashda yo’l haqi narhi 200 so'mga arzonlashdi.


Avgust oyi oxirida transport kartalari orqali 5,1 ming tranzaksiya qayd etildi va sentyabrda-7,3 ming. Oktyabr oyida raqamlar 8,8 ming tranzaksiyani tashkil etdi, bu avgustga nisbatan 70% ko'proq. Ko’rsatgichlarga ko'ra, noyabr oyining oxiriga kelib, yo'nalishli taksilarda transport kartalari orqali to'lov ko'rsatkichlari 9,2 ming tranzaksiyadan oshadi.


Uch oylik monitoring natijalariga ko'ra, "Buyuk ipak yo'li" metro bekatidan Mirzo-Ulug'bek qo’rg’onigacha bo'lgan "135-son" yo’nalishli taksi yo'lovchilar orasida eng mashhur taksi etib belgilandi. Yo’nalishli taksi uchun jami to'lovlarning 41% tashkil etdi.