Toshkent shahrida kartomatlar va infokiosklardan ko‘proq foydalanila boshlandi

22 fevral 2022
...

2021-yil yakuniga ko‘ra, ATTO transport kartalarini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari (infokiosklar va kartamatlar) orqali to‘ldirish hajmi 6,15 milliard so‘mdan oshdi. Shu bilan birga, barcha to’ldirilgan summalarning 97% naqd pul, atigi 3% esa bank kartalari orqali amalga oshirilgan.
2021 yil davomida transport kartalarini to'ldirishning umumiy tarkibida infokiosklar va kartomatalar 12% ulushi bilan to'rtinchi o'rinni egalladi. To'ldirish miqdori bo'yicha o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish shoxobchalari to'lov tashkilotlarining mobil ilovalaridan – Payme, Click, Apelsin, Paynet, shuningdek, ushbu ro'yxatda ikkinchi o'rinni egallagan ATTO ilovasidan kam.
Toshkent shahrida o'tgan yil oxiriga qadar ATTO tizimiga 1900 ta Infokiosk va 15 ta kartomat qo'shildi. Bulardan, 29 ta infokiosklar va 14 ta kartomat metro bekatlarida joylashtirilgan. Statistikaga ko'ra, "Chilonzor", "Beruniy", "Novza", "Paxtakor", "Oybek" va "Buyuk Ipak yo'li" metro bekatlarida yo'lovchilarga o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish shoxobchalariga talab katta.