Talabalar transport kartalaridan faol foydalanishmoqda

27 yanvar 2022
...

2021-yil davomida Toshkent shahridagi jamoat transportida 80 mingdan ortiq talabalarning transport kartalari orqali to’lovlar amalga oshirilgani qayd  etildi. Ushbu kartalar yordamida amalga oshirilgan to‘lovlarning umumiy soni esa 19,7 million tranzaksiyani tashkil etadi.

Qayd etish joizki, o‘tgan yili imtiyozli transport kartalari orasida talaba kartalari eng ommabop hisoblanar va ularning ulushi 68% ni tashkil etgan edi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda mos ravishda 18% va 14% bilan nafaqaho’r va o’quvchi transport kartalariga to’g’ri kelgan edi.

O‘tgan yil davomida talaba kartalari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar soni 1,6 million tranzaksiyani tashkil etdi. Shu bilan birga, minimal qiymatlar yozgi davrda - iyul va avgust oylarida kuzatilgan, bunda oylik to'lov qiymati 400 ming tranzaksiyadan oshgan. 2021-yil noyabr oyida talabalar transporti kartalaridan rekord darajada foydalanish kuzatildi, bunda karta bilan to‘lovlar 3,1 million tranzaksiyani tashkil etdi.

Jamoat transporti turlaridan talabalarning asosiy qismi avtobuslardan foydalanadi, ularning ulushi 67% tashkil etmoqda. Qolgan 33% yer osti transportiga to'g'ri keladi. Metro yoʻnalishlari orasida eng koʻp talabalar soni Chilonzor yoʻnalishida (54%), Oʻzbekiston yo’nalishida esa kamroq (29%) va Yunusobod yo’nalishida (13%) qayd etilgan. Talabalarning atigi 4% aylanma metro yo’nalishidan foydalangan.

2021-yil yakuniga ko‘ra, tranzaksiyalar soni bo‘yicha talabalar o‘rtasida eng ommabop bo‘lgan bekatlar “Chilonzor”, “Beruniy” va “Buyuk Ipak yo‘li” hisoblanadi. Ushbu bekatlarda transport kartalari orqali to‘lovlarning o‘rtacha sur’ati qolgan barcha bekatlardan ikki baravardan ortiqroqdir.