Internet-provayder bilan bog'liq muammolar

01 dekabr 2021
...

Hurmatli yo'lovchilar!

Bugungi kunda Independent telecom Innovation internet provayderi tomonidan texnik sabablarga ko'ra metroda ATTO transport kartalari va HUMO kartalari uchun to'lov tizimi vaqtincha nosoz holatda.

ATTO kompaniyasi tegishli idoralar bilan birgalikda ushbu holatni bartaraf etish choralarini koʻrmoqda. Yaqin vaqtda tizim qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!