ATTO transport kartasi bilan yo'l haqini to'lash arzonlashadi

28 iyul 2021
...

2021 yil 1-avgustdan 30-sentyabrgacha, umumiy foydalanish uchun (ko'k rang) ATTO kartasi orqali to'lovlarni amalga oshirishda yo'lovchilar Toshkent shahrida avtobuslarda belgilangan 1400 so'm o'rniga 1300 so'm to'laydilar. Endi ATTO transport kartasidan foydalanish nafaqat qulay, balki foydali ham bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, xuddi shunday aksiya 1-avgustda yaqindagina avtomatlashtirilgan to'lash tizimi jotiy etilgan Guliston shahridagi jamoat transportida ham boshlanadi  Yil oxirigacha Sirdaryo viloyatining viloyat markazida ATTO kartasi bilan yo'l haqi uchun to'lash 10 foizga arzonroq, ya'ni har bir harakatlanish uchun 900 so'm bo'ladi.

Shuningdek, transport kartalari egalari uchun endi poytaxtning bir nechta yo'nalishli avtotransportlarida harakatlanish uchun chegirmalar amal qiladi.

ATTO kartalarini "Toshyo'lovchitransxizmat" UK sotuv shoxobchalari va metro kassalaridan sotib olish mumkin. Transport kartasi balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Click, Upay, Apelsin va boshqa to'lov xizmatlarining mobil ilovalari, shuningdek kartalarni sotish shoxobchalarida to'ldirishingiz mumkin. ATTO ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kungacha 350 mingga yaqin transport kartalari, shu jumladan tarifli kartalar sotilgan.

 

Fotosurat manbai: tashtrans.uz


АТТО ijtimoiy tarmoqlarda.

Obuna bo'ling va kompaniyaning yangiliklari va aksiyalaridan xabardor bo'ling:

 

Telegram: https://t.me/attouz

Facebook: https://www.facebook.com/atto.uz/

Instagram: https://instagram.com/atto_uz?igshid=1rqr9epwrceui