ATTO transport kartalari egalari yo’nalishli transportlarda chegirmalar bilan harakatlanishadi

16 iyul 2021
...

ATTO kompaniyasi Toshkent transport boshqarmasi bilan birgalikda poytaxt yo’nalishli transportlarida harakatlanish uchun haq to'lashning yangi usulini joriy etmoqda. Endi naqd puldan tashqari, harakatlanish uchun ATTO transport kartasi orqali ham pul to'lash mumkin.

 

Bundan tashqari, ATTO kompaniyasi 15-iyuldan 30-sentyabrgacha harakatlanish uchun to'lovni transport kartasi bilan to’laydigan yo'lovchilarga chegirmalar e'lon qiladi. Masalan, naqd pul bilan to'lasangiz, yo’nalishli transportlarda yo’l haqi 2000 so'm, karta orqali to'lasangiz - 1800 so'm bo’ladi.

 

Ayni paytda karta orqali to'lov oltita yo’nalishli taksilarda qabul qilinadi:

110m - Ibn Sino mavzesi - Oloy bozori;

52m - Ibn Sino mavzesi - "Malika" savdo markazi ("Fleshka");

27m - Yunusobod 19-daha - Chorsu GUM;

135m - Buyuk Ipak yo'li metrosi – «Ulug'bek» shaharchasi;

34m - Chorsu - Chuqursoy;

68m - Chorsu - Yunusobod - Hasanboy.

 

Shuni ta'kidlash kerakki, yonalishli transportlarda yo'l haqi avtobus va metro uchun sotib olingan tarifdan tashqarida to'lanadi. Ya'ni, transport kartasi turidan qat'i nazar (umumiy foydalanish yoki imtiyozli), tarifdan tashqari, uning qo'shimcha mablag'i bo'lishi kerak.

 

ATTO kartalarini "Toshyo’lovchitransxizmat" UK oylik yo’l chiptalari shaxobchalari va "Toshkent metropoliteni" UK kassalaridan sotib olish mumkin. 

 

Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling va ATTO yangiliklari va aktsiyalaridan xabardor bo'lasiz:

Telegram: https://t.me/attouz

Facebook: https://www.facebook.com/atto.uz/

Instagram: https://instagram.com/atto_uz?igshid=1rqr9epwrceui