...

2023-yilning birinchi choragi mobaynida transport kartalari orqali 26,8 million tranzaksiya amalga oshirildi, shundan 14,1 million tarif kartalari orqali amalga oshirildi.

Bank kartalari bo‘yicha to‘lovlar eng yuqori o‘sish dinamikasini ko'rsatdi, ko‘rsatkichlar deyarli 3 barobarga oshib, 16,5 million tranzaksiyani tashkil etdi.

Metroda QR-chiptalardan 17,9 million martadan ortiq foydalanilgan. 
Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 140 ming tranzaksiya amalga oshirildi.

Yo‘lovchilar jamoat transportida virtual kartalar yordamida 53 ming  tranzaksiya amalga oshirildi.

ATTO statistik maʼlumotlari respublika hududlari boʻyicha quyidagicha: avtobuslarda amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni Samarqandda – 598 ming, Andijonda – 166 ming, Qarshida – 131 ming va Urganchda – 74 ming. 

Bugungi kunga qadar 691 mingdan ortiq transport kartalari joriy etildi, mobil ilovadan foydalanuvchilar soni esa 424 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.