ATTO kompaniyasidan Non stop aksiya!

11 may 2021
...

"ATTO" kompaniyasi keng ko’lamli yutuqli aksiyasiga start berildi. Unga ko’ra har bir umumiy transport kartasidan  (ko'k rangli) foydalangan yo’lovchi kartasida “Sms-xabarnoma” ulangan bo’lsa avtomatik trazda aksiya ishtrokchisiga aylanadi. 

Aksiya Toshkent shahrida 2021 yil 10 maydan 2021 yil 10 avgustgacha o'tkaziladi. G'oliblarning nomlari 30 kunda bir marotaba aniqlanadi va sovrinlar ATTO ofisida, quyidagi manzilda taqdim qilinadi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 101 A uy.

Sovrinlar ATTO kartasi bilan to'langan 100-minginchi, 250-minginchi, 500-minginchi, 750-minginchi va millioninchi yo'lovchiga beriladi! Bizning aqlli tizimimiz omadli yo’lovchilarni avtomatik ravishda aniqlab oladi! Qimmatbaho sovg'alar orasida — smartfonlar, fitness bilakuzuklar, PowerBank, quloqchin va jamoat transportida 100 ta bepul qatnov. 

Aksiya da ishtirok etish uchun umumiy transport kartasini harid qilib  jamoat transportida  yo’l haqini to’lashda foydalanish kerak. Aksiyada ishtirok etish uchun transport kartada SMS-xabarnoma xizmati ulangan bo'lishi kerak.

«АТТО» transport kartalari "Toshshahartransxizmat" AJ kompaniyasining barcha savdo nuqtalarida, shuningdek "Toshkent metropoliteni" unitar korxonasining barcha kassalarida sotiladi.

“Sms-xabarnomani ulash quyidagi joylarda mumkin:

* "Toshyo’lovchitransxizmat" unitar korxonasining transport kartalarini sotish punktlarida;

*  to'lov kioskalarida (kiosk joylari atto saytida va mobil ilovada mavjud).

Aksiya faqat ulangan SMS-xabarnoma xizmati bilan umumiy foydalanishdagi transport kartalari orasida o'tkaziladi. Aksiyada imtiyozli transport kartalari va bank kartalari ishtirok etmaydi.