ATTO 2023-yil natijalari sarhisobi: Virtual kartalar, avtobuslarda QR toʻlovi, mikrotransport

...

ATTOning 2023-yil yakuni sarhisobi raqamlarda: Poytaxt va viloyatlar jamoat transportida ATTO to'lov tizimi orqali 369,8 million tranzaksiya amalga oshirildi. (2022-yilga nisbatan 65,2% ga o'sdi)

2023-yil davomida transport kartalari orqali 118 226 283 tranzaksiya amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 54 008 581 tasi tarifli kartalar orqali amalga oshirilgan.

2023-yilda avtobuslarda QR-to‘lovlar eng yuqori o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi, ko‘rsatkichlar 237%ga oshib, 1 563 253 tranzaksiyani tashkil etdi.

Bank kartalari orqali to’lovlar 142% ga oshib, yil davomida  85 424 299 ta tranzaksiya amalga oshirildi. 
                                                                                                                                                                                                                                                                        
Yo'lovchilar metroda QR-to'lov turi orqali 74 273 328 ta, metroda mobil QR to'lov turi orqali esa 1 151 142 ta tranzaksiyalarni amalga oshirdi.

Virtual kartalar yordamida 188 368 ta tranzaksiyalarni amalga oshirdi.

2023-yilda 251 000 ta ATTO transport kartalari joriy etilib, hozirgi kunda mobil ilovadan foydalanuvchilar soni 517 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.

ATTO 2023-yilda Nukus va Qo'qon shahri hamda Toshkent, Namangan, Buxoro, Navoiy, Farg'ona viloyatlarida oʻz faoliyatini boshladi.
 2023-yilda ATTO o'zining innovatsion to'lov turi sifatida  Toshkent shahri metropolitenida FacePay hamda PalmPay to'lov tizimlarini joriy etdi.