Aksiya tugatilishi

30 dekabr 2021

2021-yilning 12 oyi mobaynida transport kartalarini bepul asosda taqdim etish bo'yicha aksiya tugatilishi munosabati bilan, 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab imtiyozli transport kartasining narxi 10 000 so'm qiymatida belgilanadi.


Shuni ta'kidlab o'tish joizki, 2021 yil mobaynida "Toshshaharyo'lovchitrans" unitar korxonasi orqali umumiy qiymati 1 170 000 000 so'mga teng bo’lgan 117 000 ta transport kartalari sotilgan  va bu summa  "ATTO" tomonidan qoplangan.