Transport kartalari UzPost pochta bo'limlarida va metro kassalarida sotib olinishi mumkin.
SMS xabardor qilish xizmatini infokiosklarda ulash mumkin, shuningdek, smartfon yordamida (NFC funksiyasi mavjud bo'lsa) - ATTO ilovasi orqali ulash mumkin.
Transport kartasini UzPost pochta bo'limlarida, metro kassalarida yoki mobil ilovalar orqali to'ldirish mumkin. UzPost pochta bo'limlarida yoki metro kassalarida transport kartasini to'ldirganda foydalanuvchi pul mablag'larining transport kartasiga o'tganligini tekshirish uchun to'lov chiptasi va transport kartasidagi oxirgi to'rtta raqamlarni solishtirib ko'rishi kerak. To'lov chiptasidagi va transport kartasidagi oxirgi to'rtta raqamlar bir xil bo'lishi kerak.
Avtobusda yo'l haqini to'lash uchun «ATTO» transport kartasini avtobus ichidagi turmagichga o'rnatilgan stasionar validatorga yoki konduktorda mavjud mobil validatorga yaqinlashtirish kerak. «ATTO» operatori transport kartasini konduktorga yo'l haqi to'lovi uchun bermaslikni tavsiya qiladi, chunki konduktor bir yo'lovchining kartasini boshqasining kartasi bilan adashtirishi mumkin. Metroda yo'l haqini to'lash uchun transport kartasini turniketdagi validatorga yaqinlashtirish va yashil belgi yonishini kutish kerak. Agar yashil belgi yonib tursa, to'lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Agar qizil xoch chiqsa, to'lov amalga oshmagan. Agar sariq rang yonib tursa, bu oxirgi to'lovdan beri 6 daqiqadan kam vaqt o'tganligini anglatadi.
Transport kartasidagi mablagʻ qoldigʻini UzPost pochta bo'limlarida, metro kassalarida yoki ATTO mobil ilovasi orqali bilib olish mumkin.
Tarif rejasini sotib olish transport kartasining egasi tomonidan mustaqil ravishda avvalgi tarifning amal qilish muddati tugagach, UzPost pochta bo'limlarida yoki ATTO mobil ilovasi orqali yoki shaxsiy kabinet orqali balansni to'ldirish orqali amalga oshiriladi.
Agar validatorda «Karta bloklangan» xabari ko‘rsatilsa, balansni to‘ldirish kerak. Agar karta balans musbat bo'lsa ham validator tomonidan o'qilmasa, ehtimol karta zarar ko'rgan, kartani UzPost mintaqaviy bosh ofisida almashtirish tavsiya etiladi. Bu vaqtda mablag'lar SMS-xabardor qilish xizmatiga ulanish sharti bilan 48 soat ichida o'tkaziladi.
Transport kartasining balansida mablag' musbat bo'lishi kerak. Tarif rejasidan qat'i nazar, har safar kartada hukumat tomonidan belgilangan yo'l haqi narxiga teng mablag' bo'lishi kerak (Toshkent shahrida 1700 so'm), bu minimal depozit hisoblanadi.
Transport kartasi/virtual transport kartasi faqat bitta yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
Imtiyozli yoʻlovchilar (nogironlar, pensionerlar, oliy oʻquv yurtlari talabalari, maktab, litsey va kollej oʻquvchilari) transportda imtiyozli transport kartasi orqali 50% chegirma asosida yoʻl haqi toʻlaydi.
Imtiyozli transport kartasini olish uchun foydalanuvchi turiga qarab quyidagi hujjatlar talab qilinadi: shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun tug‘ilganlik guvohnomasi; pensiya guvohnomasi; nogironlik guvohnomasi va O‘zbekistonning «Toshshaharttransxizmat» AJ hamda «Toshkent Metropoliteni» UK tomonidan belgilangan imtiyozli transport kartasi orqali jamoat transportida yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirish to‘g‘risidagi ochiq taklifga ilova qilingan shakl bo‘yicha aksept – ariza.