ATTO 2022-yil natijalari sarhisobi: Virtual kartalar, avtobuslarda QR toʻlovi, mikrotransport

24 yanvar 2023
...

Bugungi kunga qadar 645 mingdan ortiq ATTO transport kartalari muomalaga kiritildi ­- bu 2021-yilga nisbatan 40 foizga ko‘p degani, ATTO mobil ilovasidan foydalanuvchilar soni esa 380 mingtani tashkil etdi – o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 53 foiz ortiq.

2022-yilda ATTO tizimi orqali jamoat transportida jami 201 milliondan ortiq tranzaksiya amalga oshirildi – o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘proq. Kartalarni to‘ldirish summasi esa 2021-yilga nisbatan 23,1 foizga oshib, 107,7 milliard so‘mni tashkil etdi.

Yil davomida transport kartalari yordamida jami 94,9 millionta tranzaksiya amalga oshirildi, bu 2021-yilga nisbatan 17,9 foizga ko‘p degani, metroda QR chiptalaridan foydalanishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 26,7 foizga o‘sdi va jami 70,3 million tranzaksiyalar amalga oshirildi, biroq bank kartalari orqali to‘lovlar eng yuqori o'sish dinamikasini ko’rsatdi, ko'rsatkichlar 2021-yilga nisbatan 176% ga o'sib, 35,3 mln ta tranzaksiyani tashkil etdi.

Yil yakuniga ko‘ra, haftaning ish kunlarida avtobuslarda transport va bank kartalari orqali o‘rtacha hisobda kuniga 320 mingta, metroda bir kunda kartalar orqali 285 mingta tranzaksiya qayd etilgan. Yil oxiriga kelib avtobus va metrolarda kartalar orqali kuniga 605 mingga yaqin tranzaksiya qayd etilgan. Poytaxt jamoat transportida har kuni jami 1 milliondan ortiq tranzaksiya amalga oshiriladi. Shunda naqd pulsiz ko’rinishdagi to'lov ulushi 60% dan ortiqni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda jamoat transportida yo'l haqini turli usullar bilan to'lash mumkin. UZCARD, HUMO, VISA, MasterCard, UPI, MIR kontaktsiz bank kartalari orqali to‘lovlar ommabopligi ortib bormoqda. Yil yakuniga ko‘ra, bank kartalari orqali kuniga o‘rtacha 205 mingdan ortiq tranzaksiya amalga oshirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘p degani.

ATTO tarif kartalari boʻyicha jamoat transportidan foydalanishlar 2021-yilga nisbatan 14,5 foizga oshgan va 45,7 millionta tranzaksiyani tashkil qilgan. Shundan tarif kartalari bo‘yicha operatsiyalarning 57,5 ​​foizi talabalar (T/TM), 16,9 foizi oddiy aholi tomonidan foydalanilgan kartalar (A/AVM), 14,4 foizi ijtimoiy tariflardan foydalanuvchilar (N/NM) va 11,3 foizi esa talabalar (O/OM) tomonidan amalga oshirilgan. Tarif rejasidan foydalanishlar statistikasi yo'lovchilarning turli toifalari turli tariflarni talab qilishini ko'rsatmoqda. Ijtimoiy tarif (N/NM) foydalanuvchilari ancha konservativ bo’lib, ularning 78 foizi 30 kunlik tariflarni, 15 foizi 5 kunlik tariflarni, qolgan 7 foizi esa 10 kunlik, 15 kunlik va 20 kunlik tariflarni maqul ko’radi. Talabalar (T/TM) tariflarni tanlashda eng moslashuvchan toifa bo’lib, ularning 55 foizi 5 kunlik tariflarni tanlashdi, 33 foizi 30 kunlik tariflarni xarid qildi va qolgan 12 foizi esa 10 kunlik, 15 kunlik va 20 kunlik tariflarni ma’qul ko’rishdi.

Umumiy olganda, foydalanuvchilarning 47 foizi 30 kunlik tarifni, 42 foizi 5 kunlik, 2 foizi 20 kunlik, 3 foizi 15 kunlik va qolgan 6 foizi esa10 kunlik tariflarni tanlashdi.

Jamoat transportida yangi to‘lov usuli bo’lgan avtobuslarda QR to‘lovlar yordamida yil davomida 460 mingta tranzaksiya amalga oshirildi. Bugungi kunda yo‘lovchilar Click, MyUzcard va Uzum mobil ilovalari orqali bunday to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Yo‘l haqini to‘lash uchun ilova orqali QR kodni skanerlash va smartfon ekranida aks etib turgan chiptani konduktor yoki haydovchiga ko‘rsatish kerak bo’ladi.

2022-yilning avgust oyida ATTO kompaniyasi foydalanuvchilarga ATTO mobil ilovasi orqali virtual kartalarni ochish va jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi innovatsion yechimni joriy qildi. 2022-yil oxirigacha yo‘lovchilar jamoat transportida virtual kartalar orqali jami 52 689 ta tranzaksiyani amalga oshirdi.

ATTO 2022-yilda Urganch, Samarqand va Andijon shaharlarida yo‘l haqini to’lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qildi. Viloyatlarda yo‘lovchilar avtobuslarda naqd pulsiz to‘lovga bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda, statistika shuni ko’rsatyaptiki, ATTO tizimi orqali amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalarning asosiy qismi Samarqandda – 367 175 ta, undan keyin Qarshida – 228 190 ta, keyingisi Urganchda – 184 403 ta tranzaksiya va Andijonda - 111 463 ta tranzaksiya amalga oshirildi.

2022-yil oktabr oyida ATTO “Toshahartransxizmat” bilan birgalikda Toshkent shahrida test rejimida Kikshering (elektrosamokatlar ijarasi) tizimini ishga tushirdi. Sinov davrida 50 ta elektrosamokat yordamida 5452 ta tranzaksiya amalga oshirildi. Kelgusi yilda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda elektrosamokatlar sonini 200 donaga yetkazish, shuningdek, 50 dona elektrovelosipedlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

ATTO kompaniyasi “Toshkent Metropoliteni” DUK bilan hamkorlikda naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirish boʻyicha ulkan ishlarni rejalashtirmoqda. Bugungi kunga kelib, texnik ishlar, shuningdek, FacePay texnologiyasini joriy etish bo‘yicha axborot xavfsizligi standartlarini muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2023-yil oxirida foydalanuvchilar o‘z yuzlarini skanerlab, transport yoki bank kartasi ma’lumotlari bilan birga ma’lumotlar bazasiga kiritishlari mumkin bo‘ladi. Kelgusida shunchaki validatorga qarash orqali yo‘l haqini to‘lash mumkin bo’ladi.

Kelgusi yilda naqd pulsiz to‘lovlar amalga oshiriladigan yangi transport turlari qatorida Toshkent-Hojikent yo‘nalishida shaharlararo avtobuslar va shahar chetiga qatnaydigan elektr poyezdlari paydo bo‘ladi. Yo‘lovchilar chiptalarni ATTO ilovasi orqali sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Bu hali hammasi emas, ATTO kompaniyasi ATTO mobil ilovasi orqali samolyot va temiryo‘l chiptalarini xarid qilish imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirmoqda.