Visa kartalari orqali to'lov 1400% ga oshdi

18 dekabr 2021
...

So'nggi ikki oy ichida Toshkent shahri transportlarida Visa karta bilan yo'l haqi uchun to'lov keskin oshdi. Kundalik tranzaksiyalar soni 500 dan 7000 gacha ko'tarildi.

Noyabr oyida visa kartalari tomonidan yo'l haqi uchun to'lovlar soni 140 mingdan oshdi, bu oktyabr ko'rsatkichlaridan 61% ko'proq. Sentyabrdan noyabrgacha bo'lgan kundalik tranzaksiyalar soni 1400% ga ko'paydi. ATTO tahlilchilari Visa International tomonidan jamoat transportida yo'l haqi uchun to'lov 30% arzonroq bo'lganini, ATTO va Visa  hamkorligida boshlangan aksiya bilan bog'liqligini ta'kidlab o'tishdi.

Joriy yilning 11 oyi mobaynida ATTO tizimidagi Visa kartalari bo'yicha jami tranzaksiyalar soni 275 mingtani tashkil etdi va ularning 54 % metroda va 46% avtobuslarda to'lashda qayd etildi. Bundan tashqari, metroda Humans kartalari ommabop hisoblanib, noyabr oyi oxirida Visa kartalari bo'yicha yer osti transportida barcha elektron to'lovlarning 81% ni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda poytaxtimizdagi jamoat transportda to'lovlarni amalga oshirishda mahalliy Uzcard va Humo, shuningdek, Mir, MasterCard, UPI kabi xorijiy kompaniyalarning bank kartalaridan foydalanish mumkin.