Aksiya yil oxirigacha davom etadi!

22 noyabr 2021
...

Hurmatli ATTO transport kartalari foydalanuvchilari! 

ATTO va VISAning birgalikdagi aksiyasi joriy yilning oxirigacha uzaytirilayotganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz  🥳🎉

Eslatib o‘tamiz, VISA bank kartalari orqali  poytaxt jamoat transportida  bor-yo‘g‘i 980 so‘m to‘lashlari mumkin.

Aksiya doirasida avtobus va metroda yo‘l haqini VISA bank kartalari orqali to‘lash 30 foizga arzon — 1400 so‘m o‘rniga 980 so‘m.

Aksiyada barcha turdagi VISA kartalari ishtirok etadi. VISA bank kartasini VISA kartalarini chiqaradigan banklarda ochishingiz mumkin 💳